21 Yanvar 2020

17:21

Olimlar aniqlashdi: muvaffaqiyatsizlik emas, g‘alabalardan ko‘proq narsa o‘rganamiz!

2019-11-25 17:30 472

Yangi tadqiqotlar muvaffaqiyatsizlikdan ko‘p narsa o‘rganish mumkinligi haqidagi keng tarqalgan fikrni inkor etdi va aslida, muvaffaqiyatdan ko‘proq tajriba o‘rganishimiz mumkinligini isbotladi

“Jamiyatimiz muvaffaqiyatsizlikni dars kabi qabul qiladi”, deb yozadi mualliflar. Ular muvaffaqiyatsizlik dars bermasligini ko‘rsatuvchi bir qator tadqiqotlar o‘tkazishdi. “Biz muvaffaqiyatsizlikdan nimadir o‘rganishga, uni nishonlashga, unga chidashga o‘rgatilganmiz”, deydi Chikago universiteti But nomidagi biznes maktabining motivatsiya va qaror qabul qilish bo‘yicha eksperti Ayelet Fishbax.  

Картинки по запросу ayelet fishbach

Bitiruv kechasi nutqlarida, ko‘pincha, omadsizliklardan minnatdor bo‘lishimiz va muvaffaqiyatsizliklardan dars olishimiz kerakligi haqida gapirishadi. Menejerlar ham muvaffaqiyatsizliklardan olgan shaxsiy tajribalari haqida so‘zlashadi. Agar ommaviy nutqlarni tinglasangiz, biz muvaffaqiyatsizlikka yaxshigina tayyorligimizni tushunasiz. Ammo bu noto‘g‘ri. 

Tadqiqotchilar 1600 dan ortiq ishtirokchi ikki tanlovli savollarga javob bergan 5 ta tadqiqotni o‘tkazdi. Natijalardan birida, telemarketerlardan Qo‘shma Shtatlar kompaniyalari har yili xaridorlarga yomon xizmat ko‘rsatish tufayli qancha pul yo‘qotishini so‘rashgan. Javoblar “taxminan, 90 million dollar” yoki “taxminan, 60 million dollar” edi.  

Ishtirokchilar javoblari haqidagi taqrizlarni olganida taxminlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘rligini bilishlari kerak edi. Keyin esa ular qayta aloqadan dars olgan-olmaganini tekshirish uchun avval berilgan savollar yana bir bor berilgandi. 

Ma’lum bo‘ldiki, ishtirokchilar xatolardan emas, muvaffaqiyatdan ko‘proq dars olishgan – tadqiqotchilar  xatolardan o‘rganish uchun topshiriqlarni osonlashtirgan bo‘lsa ham, o‘rganish rag‘batlantirilsa ham. Xatolari haqida tushuntirishlar olganlar ham javob variantlarini yaxshi eslab qololmagan.

“Ko‘plab tadqiqotlar natijasida tushunib yetdikki, o‘ziga nisbatan yaxshi baho his qilish juda muhim”, deydi Fishbax, – “Muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirish yoqimsiz, shuning uchun odamlar so‘nib qoladilar”. 

Boshqa bir eksperimentda tadqiqotchilar ishtirokchilar “men”ini muvaffaqiyatsizliklardan xalos qilishdi, bunda ularga boshqalarning g‘alaba va xatolarini kuzatish aytildi. Odamlar shaxsiy muvaffaqiyatidan shaxsiy g‘alabalariga qaraganda kamroq narsa o‘rgansalar-da, boshqalarning g‘alabasi emas, muvaffaqiyatsizligidan ko‘proq dars olishar ekan. Boshqacha aytganda, muvaffaqiyatsizlik sizga emas, boshqa birovga tegishli bo‘lsa, undan ko‘proq narsani o‘rganasiz.  
“Muvaffaqiyatsizliklardan hech narsa o‘rganib bo‘lmaydi, degan fikr hamda muvaffaqiyatizliklar hayotimizning dars beruvchi onlariday tuyuluvchi his butunlay qarama-qarshidir. Biz yutqazganimizda, shunchaki diqqat qilolmaymiz”, deydi Fishbax. 

Tadqiqotchilar olingan natijalar o‘rganish jarayonini qanday optimallashtirish bo‘yicha katta ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi. Fishbax aytadiki: “Biz shuni bilishimiz lozim – o‘zimizni muvaffaqiyatsizlikka mahkum qilar ekanmiz, o‘zimizga o‘rganishning yaxshi yo‘lini tanlamagan bo‘lamiz”.

Haqorat orqali siz O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini qo'pol ravishda buzasiz!

Izohlar (0)

Izoh qabul qilindi

Sizning izohingiz ko'rib chiqish uchun jo'natildi. Moderator tasdig'idan so'ng izohingiz saytda ko'rinadi. Rahmat!

Mavzuga oid xabarlar

11.05.2019 22:55 2210
11.05.2019 22:44 2023

Qiziqarli videolar